Haydovchining e'tiborsizligi oqibatida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumdi.
Qashqadaryo. 2020 yilning 27 may kuni soat 09:00 da haydovchi 22 yoshli N.T., boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M., ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada voyaga yetmagan S.M., tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o‘z farzandliringizni e'tibordan chetda qoldirmang, shu kabi achinarli holatlarni oldini olish maqsadida farzandlaringizni kun davomida nazorat qilib boring. Haydovchilar e'tiboriga transport vositasini boshqarish vaqtida amaldagi “Yo‘l harakati qoidalariga” amal qilishingizni va xushyor bo‘lishingizni so‘raymiz!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti