“Nexia”da yo‘lovchi bo‘lishi vaʼda etilgan buzoqlar
Jizzax viloyati. 2021 yil 18 noyabr kuni 43 yoshli B.O. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 10 noyabr kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan 4 bosh sigir va 3 bosh buzoqlarini ertalab soat 10:00 larda o‘tlab kelishi uchun qishlog‘i hududida joylashgan dala maydoniga qo‘yib yuborganligini, shu kuni soat 15:00 larda 4 bosh sigiri qaytib kelib, qolgan 3 bosh buzog‘i qaytib kelmaganligini sababli, ushbu 3 bosh buzog‘ini topishda amaliy yordam berishlikni so‘ragan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu buzoqchalarni 31 yoshli O‘.D. va 33 yoshli G.E.lar, O‘.D.,ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia donc” rusumli avtomashinada o‘g‘irlab, buzoqchalarning 2 boshini Jizzax shahrida yashovchi 31 yoshli A.A..,ga va 1 bosh buzoqchani T.Sh., larga sotib yuborganligi maʼlum bo‘lib, fuqarolardan ushbu 3 bosh buzoqchalar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘.D. va G.E., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan (o‘g‘rilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida aniqlanishicha gumon qilinuvchilar O‘.D. va G.E.lar, bundan tashqari 2021 yil 17 oktyabr kuni G‘allaorol tumani “O‘gat” qishlog‘ida yashovchi 65 yoshli I.X.,ga tegishli bo‘lgan 1 bosh qora-oq rangli qoramolini gumonlanuvchi O‘.D.ning boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA DONC” avtomashinasida o‘g‘irlab, Sh.Rashidov tumani Qo‘shterak ko‘chasida yashovchi 45 yoshli S.S.,ga sotib yuborganligi maʼlum bo‘lib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan bir bosh qoramol xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Hozirda gumon qilinuvchilar O‘.D. va G.E.lar protsessual tartibda ushlanib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari davom etoqda.
Muallif: Jizzax viloyati Yangiobod tumani IIB huzuridagi
Tergov guruhi katta tergovchisi
kapitan Eshbekov Voxidjon
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament