O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlagan shaxs oʼgʼri boʼlib chiqdi

Fargʼona. 2020 yil 18 iyun kuni soat 23:10 da Fargʼona shahar IIO FMB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbir davomida, Fargʼona shahar Sakkokiy koʼchasida joylashgan “Urjuza” shifoxonasi oldida oʼzini shubhali tutgan 46 yoshli E.X. Fargʼona shahar IIO FMB binosiga olib kelinib, uninin yoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida unga tegishli “Samsung” rusumli telefon apparatining orqa qismiga koʼngʼir rangli, oʼziga xos xidli vazni 0,29 grammni tashkil qilgan “gashish” moddasi yopishtirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tarikasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan E.X, ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “b” bandi (qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlash) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, shu kunining oʼzida E.X. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qoʼllanilgan. 

Bundan tashqari, 35 yoshli А.D. joriy yilning 17 iyun kuni Fargʼona shahar IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shahs uning Fargʼona shahar Istirohat koʼchasida turgan "Spark" rusumli avtomashina eshigini kalit tanlash yoʼli bilan ochib, ichida boʼlgan 12.700 АQSh dollari miqdordagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 17.06.2020 yilda Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” (oʼgʼrilik) bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergovga kirishilgan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidqiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni E.X. sodir etilganligi aniqlanib, undan xolislar ishtirokida jami 200.000 soʼm miqdordagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan hamda toʼplangan hujjatlar shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimiga yuborilgan.

Mazkur oʼgʼrilik holati yuzasidan E.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, soʼroq qilingan. Hozirda dastlabki Tergov harakatlari davom etmoqda.  

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech