Tunda “Nexia” avtomashinasidagi 4 nafar talonchilar velosipeddagi fuqaroni tunashdi
Qashqadaryo. 2020 yilning 12 noyabr kuni soat 23:30 da 20 yoshli Jaxongir O‘., Qarshi tumani Dasht qishlog‘i ichki yo‘lidan velosipedda yashash uyiga ketayotgan vaqtida uning oldiga 4 nafar nomaʼlum shaxslar “Nexia” rusumli avtomashinada kelib, yonida bo‘lgan 1 mln. 520 ming so‘mlik bir dona “SAMSUNG A-10S” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib ketganlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Koson tumanida yashovchi 25 yoshli Husayiddin J., o‘zining voyaga yetmagan tanishlari, yaʼni Qarshi shahrida yashovchi 17 yoshli Otabek X., 17 yoshli Asadbek G‘., va Qarshi tumanida yashovchi 16 yoshli Asliddin M.lar, ni jinoyat sodir qilishga jalb qilgan holda, ular bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, sodir etganliklari aniqlanib, jinoiy guruh aʼzosi hisoblangan voyaga yetmagan Otabek X.,dan bir dona “SAMSUNG A-10S” rusumli uyali telefon apparati tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Xusayiddin J., ga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi “B” bandi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 166-moddasi 2-qismi “v” bandi va 164-moddasi 2-qismi “B” bandi (Bosqinchilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. voyaga yetmaganlar Otabek X., Asadbek G‘., va Asliddin M.,lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti