Qo‘y oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib foyda ko‘rishni vaʼda qilgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘ona viloyati. Fuqaro 27 yoshli M.Q., 2019 yilning iyul oyi boshlarida tanishi 44 yoshli Yu.M.,ga birgalikda Jizzax viloyatidan qo‘y olib kelib sotib, yaxshi foyda olish taklifini berib, shu yo‘l bilan uning ishonchiga kirib, undan qo‘y sotib olish uchun 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni aldash va ishonchini suisteʼmol qilish yo‘li bilan olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan qo‘lga kiritgan pul mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan 12.10.2020 yilda Furqat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Q., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti