O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qariyb 3,0 metrlik kannabis aniqlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda

Qashqadaryo. 2020 yilning 05 avgust kuni soat 14:30 da IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Kitob tuman Shatri qishlogʼida yashovchi 38 yoshli Ya.H., ning yashash uyi koʼzdan kechirilganda, hovlisida uch tup yashil rangli, oʼziga xos hidli oʼsimliklari ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu holat xolislar ishtirokida oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida Ya.H., ning hovlisidan olingan boʼyi 250 sm.dan 280 sm.gacha boʼlgan, poyasining qalinligi 24,0 mm.dan 41,0 mm. gacha boʼlgan, uch tup nam holdagi (qurutilmagan) oʼsimliklar “kannabis” oʼsimligi ekanligi, ularning jami sof ogʼirligi 4500,0 gramm ekanligi koʼrsatilgan.

Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech