O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Velosiped ishtirokida yana bir YTH, uni boshqargan shaxs vafot etdi

Samarqand. 2020 yil 13 aprel kuni soat 20:00 da Ishtixon tumani “Sugʼot” mahallasi hududidan oʼtuvchi 4R-53 “Boʼronxoʼja-Ishtixon” avtomobilь yoʼlining 47 kilometrida haydovchi 34-yoshli B.R., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida harakatlanib kelayotgan vaqtida, yoʼlning oʼng qismidan qarama-qarshi yoʼnalishda harakatlanayotgan velosiped boshqaruvchisi 33 yoshli D.E.,ni urib yuborib yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada velosipedchi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Biroq, 14 aprel kuni fuqaro D.E., YTH natijasida olgan tan jarohatlari tufayli tuman shifoxonasida vafot etganligi sababli jinoyat ishi JKning 266-moddasi 2-qismiga qayta malakalangan.
Hurmatli fuqarolar Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan karantin vaqtida barcha shaxsiy transport vosita (stiker maxsus ruxsatnoma berilgan va tegishli roʼyxatga kiritilgan avtomobillar bundan mustasno) laridan foydalanish qatʼiyan man etilgan.

Oxirgi vaqtlarda velosiped ishtirokida YTH sodir boʼlishi koʼpayib bormoqda, shu sababdan avvalam bor koʼchaga chiqishdan tiyiling, hayot uchun zarur boʼlgan hollardan tashqariga chiqishdan avval transport vositangiz soz, velosipedingiz esa maxsus nur qaytaruvchi chiroqlar bilan jihozlanganligiga eʼtibor bering.

Oʼz hayotingizga befarq boʼlmang!


Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech