Bir pichoq - har ikkisini jarohatladi
Toshkent shahri. 2020 yil 05 iyul soat 02.00 da Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 46 yoshli V.B., ning xonadoniga 34 yoshli S.K kelib, oʼzaro gaplashib oʼtirgan vaqtlarida, V.B., ning ukasi 46 yoshli V.S. kelib qolib, S.K. bilan oʼzaro gaplari kelishmay qolishi sababli, V.S. S.K., ning chap yelka qismiga oshxona pichogʼi bilan urib tan jarohat yetkazgan. Oʼz navbatida S.K. V.S., ning qorninig pastki qismiga pichoq bilan zarba berib, tan jaroxati yetkazgan.
Natijada V.S. va S.K., lar tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot boʼlimiga murojaat qilgan, S.K., ga ambulator davolanish belgilanib, V.S., ning jaroxati yuzasidan jarohlik amaliyoti muolajalari oʼtkazilib, statsionar davolanish belgilangan.
Mazkur xolat yuzasidan Uchtepa tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan S.K., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, S.K. protsessual tartibida ushlangan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti