Haydovchini tunagan shaxslar qonun oldida javob berishadi
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 03 yanvar kuni soat 00:50 larda 21 yoshli Shaxzod B., 18 yoshli Xurshidbek A., “Murodil” hamda “Umidjon” ismli shaxslar O‘zbekiston tuman Qulibek qishlog‘ida bo‘la turib, Qo‘qon shahri tomonda 26 yoshli Nuriddin J., ning boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-1” rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchi bilan o‘zlarini 50.000 so‘m evaziga “Avg‘onbog‘” qishlog‘iga tashlab qo‘yishga o‘zaro kelishib, avtomashinaga o‘tirishib, O‘zbekiston tumani “Yakkatut” MFY markazidagi «Turdali ota majmuasi» oldiga yetib borishgan vaqtlarida Xurshidbek A., haydovchidan telefonini berib turishini, telefon qilib olishini aytib, uni narxi 1.500.000 so‘mlik «SAMSUNG A-6» rusumli telefon apparatini olib, telefonni sherigi Shaxzod B.,ga berib, ushbu telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, avtomashinadan tushib nomaʼlum tomonga qochib yashiringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Shaxzod B. «SAMSUNG A-6» rusumli uyali telefon apparati xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shaxzod B. hamda Xurshidbek A., larga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov olib borilmoqda, har ikki fuqaro ham protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi doirasida qolgan shaxslarning harakatlariga ham qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti