“Fidanza” qarshisida voyaga yetmaganga nisbatan talonchilik sodir qilindi
Toshkent shahri. 2021 yilning 16 aprel kuni soat 12:30 larda nomaʼlum shaxslar Yashnobod tumani Aviasozlar dahasida joylashgan “Fidanza” nomli internet kafesining qarshisidan o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan 10 yoshli O.Behruzbekning qo‘lida bo‘lgan narxi 1.372.000 so‘mlik “Galaxy A1 Core” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 17 yoshli A.Aram va 18 yoshli A.Botirxonlar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanib, “Galaxy A1 Core” rusumli telefon apparat ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Aram va A.Botirxonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti