O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kamerun Respublikasining bir necha fuqarolariga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlandi

Avval xabar berilganidek, Kamerun Respublikasidan kelgan bir necha fuqarolar o‘zlarining qabih niyatlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga go‘yoki sayyoh sifatida kelishib, osuda va farovon yurt fuqarolarini mulkini talon-toroj qilish payiga tushishadi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekistonlik tadbirkorlarning qanday faoliyat bilan shug‘ulanayotganliklarini bilib, o‘zlarini ham ushbu soha vakili sifatida ko‘rsatib ishonchiga kirishishadi. 

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 02 oktyabrda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Kamerun Respublikasining bir necha fuqarolariga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilib, tegishli sudlovlikda ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi JPKning 381-moddasi tartibida Bosh prokuraturaga yuborilgan.


O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech