O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olib qochilgan transport vositasini “KIA” avtomashinasi to‘xtatib qoldi

Namangan viloyati. 2021 yil 26 dekabr kuni Namangan shahri Davlatobod tumanida yashovchi 25 yoshli M.J. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni kuni soat 14:00 larda o‘ziga tegishli “DAMAS” rusumli avtomashinasini, yashash uyi oldidagi novvoyxona tashqarisida eshiklari ochiq holatda va kaliti o‘t oldirgichda qoldirib ketganligidan foydalanib nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Namangan shahar “Sharq tongi” MFYda yashovchi 33 yoshli M.Z. mast holatida sodir etib, “DAMAS” rusumli avtomashinada Namangan shahar Davlatobod tumani “I.Karimov” ko‘chasida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan “KIA” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasini sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Z.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech