O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qog‘oz parchalarida “geroin” aniqlandi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 22 mart kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan  tezkor-tadbir davomida, Farg‘ona shahar Motrudiy ko‘chasida yashovchi fuqaro 44 yoshli Farhod Sh., o‘zining xonadonida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 300.000 so‘m evaziga 3 dona qog‘oz parchalariga o‘ralgan sarg‘ish rangli, o‘tkir hidli moddani sotgan vaqtida ushlangan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Farhod Sh.,dan olingan vazni 0.17 gramm modda “Geroin” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech