O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Opiy giyohvandlik vositasini aylanmasi oldi olindi

Samarqand viloyati. 2022 yilning 8 fevral kuni soat 13:00 larda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Choshtepa” MFY hududida 31 yoshli A.J. shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 4.400.000 so‘m evaziga to‘q jigar rangli, o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida, tadbir davomida olingan to‘q jigar rangli, o‘tkir hidli modda tarkibida opiy guruhiga mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar – morfin, kodein, narkotin mavjudligi, bu modda ekstraksiyali opiy giyohvandlik moddasi turiga kirib, uning sof og‘irligi 11,46 grammni tashkil qilganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari jarayonida ushbu giyohvand moddaning kelib chiqishi sabablari o‘rganilganda, gumonlanuvchi mazkur giyohvand moddani joriy yilning 6 fevral kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Payariq tumanida yashovchi 45 yoshli N.Sh.,dan sotib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.Sh.,ga “qamoqqa olish” tarzdagi A.J.,ga esa “garov” ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech