O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qorovul” tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi

Toshkent shahri. 2021 yil 04 yanvar kuni soat 22:00 larda nomaʼlum shaxs Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan taʼmirlash ishlari olib borilayotgan yangi qurilgan xonadonlardan biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 29 yoshli Azamat R., ga tegishli 1 dona isitgich radiatori (kotyol) va 2 dona isitish batareyalarini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 7.150.000 so‘m moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni yuqoridagi manzilda qurilgan yangi xonadonlarga qorovullik qilayotgan 29 yoshli Shukur A., tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shukur A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hurmatli fuqarolar o‘z mulkingizga befarq bo‘lmang, xonadonlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilishi Sizning xavfsizligingizni taʼminlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech