O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haqoratlash og‘ir tan jarohatlariga olib keldi

Buxoro. 2020 yilning 16 may kuni soat taxminan 12:00 da 44 yoshli M.Sh. Buxoro shahar Mirdo‘stim ko‘chasida daraxtni kesib olayotgan vaqtida, shu ko‘chada yashovchi 39 yoshli A.S. chiqib qolib, uni nojo‘ya so‘zlar bilan xaqorat qilganligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan, janjal oqibatida M.Sh. A.S., ning yashash xonadoniga borib, uning bosh va yuz sohalariga qasddan urib tan jarohatlari yetkazagan. Natijada A.S, tibbiy maussasaga murojaat qilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, A.S. ga og‘ir tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan M.Sh., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.Sh. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech