Haqorat pichoqbozlik bilan tugadi
Toshkent shahri. 2020 yilning 16 noyabr kuni 28 yoshli Alisher M., jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Toshkent shahar Sergeli tumani Sergeli-2 daha, 36-uyning oldida, fuqaro 18 yoshli Ag‘zam Y., uni haqorat qilganligi sababli o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida oldida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan Ag‘zam Y.,ga hamda ularni ajratib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan fuqaro 24 yoshli Shaxnoza M.,ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda, Ag‘zam Y., va Shaxnoza M.,lar tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga murojaat qilishgan.
Ko‘zdan kechirish jarayonida hodisa joyidan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Alisher M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Alisher M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti