Oʼta xavfli retsidivist qayta oʼgʼirlik qilganligi uchun, ozodlikdan mahrum etildi
Buxoro. 2019 yil 21 noyabr kuni soat taxminan 14:30 da fuqaro 59 yoshli E.H., sud tomonidan oʼta xavfli retsidivist deb topilgan boʼlishiga qaramasdan, bundan oʼziga tegishli xulosa chiqarmay ahloqan tuzalish yoʼliga kirmasdan takroran oʼzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar Islom Karimov koʼchasi 146/15-uyga kirish darvozasi ochiqligidan foydalangan holda ushbu uyga gʼayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro Sh.I. ga tegishli boʼlgan narxi 2.000.000 soʼmlik oq rangli ikki bosh qoʼylarini yashirin ravishda oʼgʼirlab hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Buxoro shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan E.H., ga nisbatan Oʼzbekiston Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi (oʼta xavli retsidivist tomonidan sodir etilgan oʼgʼrilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida E.H. , ga ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
2020 yil yanvarь oyida jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari boʼyicha Buxoro shahar sudining 2020 yil 10 fevralь kunidagi hukmiga koʼra, fuqaro E.H., JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti