O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qulflanmasdan qarovsiz qoldirilgan avtomashina jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘ldi

Toshkent shahri. 2020 yil 27 oktyabr kuni soat 08:34 da, 32 yoshli Sh.A., Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharofobod ko‘chasi 14-uy yonida 26 yoshli M.M.,ga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtotransport vositasini qulflanmagan holda qarovsiz qoldirib ketilganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochish maqsadida, eshigini ochib, o‘t oldirish joyida turgan kalit yordamida avtomashinani o‘t oldirib, hodisa sodir bo‘lgan joyidan nomaʼlum tomonga boshqarib ketgan.

Jabrlanuvchi M.M.,ning “102” ishonch telefoni orqali bergan xabariga asosan,  27.10.2020 yil ichki ishlar xodimlarining tezkor xarakatlari natijasida, shu kuni soat 16:30 da “Spark” avtomashinasi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT park ro‘parasidagi Mo‘minov ko‘chasi 2 va 3-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida qulflangan holda qoldirib ketilgani aniqlangan. Ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona kalit ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Sh.A., himoya huquqi bilan taʼminlanib, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech