O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Kirakash” bosqinchilar ushlandi, shubhali taksi avtomashinasiga oʼtirishdan ehtiyot boʼling!

Toshkent shahri. 2020 yilning 04 dekabrь kuni soat 23:30 da, 23 yoshli Аziz U., jinoiy sheriklari 25 yoshli Soxibjon O., va 34 yoshli Nodirjon K., lar bilan oʼzaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, ushbu guruhga rahbarlik qilib, jinoiy sherigi Nodirjon K.,ning boshqaruvigi “Lacetti” rusumli avtomashinada Uchtepa tuman 23–mavzesi boʼylab harakatlanib ketayotgan vaqtlarida yoʼl yoqasida taksi toʼxtatib turgan 31 yoshli Suyunjon X., ni Yashnobod tuman Qoʼyliq bozori tomonga olib borib qoʼyishga kelishib, avtomashinaga oʼtirganidan keyin, Suyunxon X.,ni spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda ekanligini bilib, uning avtomashina ichida uxlab qolganligidan foydalanib, uni odamlar qatnovi kam boʼlgan Sergeli tuman Toshkent Xalqa Аvtomobilь yoʼli Pastdargʼom mahallasida joylashgan metro qurilishi olib borilayotgan hududdagi qorongʼu joyga olib borib, guyoki Аziz U., jinoiy sherigi Soxibjon O., bilan oʼzaro tortishib qolib, oʼrtalaridagi kelishmovchilikni hal etish holatini sahnalashtirib, avtomashinadan tushgandan keyin, jinoiy sherigi Nodirjon K., fuqaro Suyunxon X.,ga “ular janjallashib qolishdi, yuring ajratib qoʼyaylik, yordam berib yuboring”-deb, uni avtomashinadan tushirgandan keyin, jinoiy sherigi Nodirjon K., Suyunxon X.,ni orqasidan kelib, qasddan unga hujum qilib, uni oʼng chap yuziga qoʼlining mushti bilan urib, yerga yiqitib, urib doʼpposlab, yuzi bilan yerga qaragan holatda yotqizib, qoʼlini orqasiga qayirib, shimining orqa choʼntagidan 350 ming soʼm pullari, 800.000 soʼmlik “Samsung J-5” rusumli uyali telefon apparati, qoʼlidagi bahosi 3 mln. soʼmlik erkaklar tilla uzugi, egnidagi 320.000 soʼmlik kurtkasini hamda uning choʼntagidagi 850 АQSh dollari miqdoridagi pullarini bosqinchilik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra, fuqaro Suyunxon X.,ga “engil” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, Nodirjon K.,dan “Samsung J-5” rusumli uyali telefon apparati va Soxibjon O., dan esa bir dona erkaklar kurtkasi tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Аziz U., Soxibjon O., va Nodirjon K., larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Аziz U., Soxibjon O., va Nodirjon K.,lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yakkasaroy tumani IIO FMB

huzuridagi TB katta tergovchisi

podpolkovnik Sh.A. Mirkarimova

 
Text to speech