“Onangiz pissa berib yubordi”...
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 2021 yilning 08 mart kuni tungi soat 03:30 larda nomaʼlum shaxslar Nukus shahar 22-kichik tumanida yashovchi 40 yoshli Manar K., ning yashash xonadonida voyaga yetmagan 11 yoshli Qunduz K., va 7 yoshli Alibek K., lar uyda yolg‘iz o‘tirganliklaridan foydalanib, ularga “onangiz pissa berib yubordi” deb xonadon eshigini ochtirib, ularning qarshiliklari qaramasdan ushbu xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib jami 25 000 000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarni talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni sodir qilgan Samarqand viloyatidan Nukus shahriga ishlash maqsadida kelgan fuqarolar 25 yoshli Shohijahon Sh., 22 yoshli Oybek B., 24 yoshli Shoxrux A.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shoxijahon Sh., Oybek B., va Shoxurx A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «B» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti