Otlar podasi
Navoiy viloyati. 2021-yilning 03-iyul kuni MCHJ rahbari 54 yoshli T.M. va mavsumiy ishchi 25 yoshli N.N. bilan o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Konimex tumani “Sarjal” OFYda yashovchi 43 yoshli B.J.,ning yashash xonadoniga borishib, unga o‘zlarini otlarga xaridor sifatida kelganday qilib ko‘rsatib, otlarni sotib olishib, biroq pullarini uch-to‘rt kun ichida berib ketishlarini aytib aldab, boshqaruvida bo‘lgan “Jentra” rusumli avtomashinani garov sifatida qoldirib, unga tegishli bo‘lgan jami 112 mln. 400 ming so‘mga teng 16 bosh otlarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarini o‘zlarining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan T.M. va N.N. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda T.M.ni himoyaga bo‘lgan huquqlari tushuntirilib, jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.
Tergov jarayonida garovga qoldirib ketilgan “Jentra” rusumli avtomobil, boshqa bir shaxsdan pullarini bo‘lib to‘lash sharti bilan olinganligi va ikkala gumonlanuvchilarga tegishli bo‘lmaganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, jabrlanuvchidan olingan 16 bosh otlar, Toshkent shahrida boshqa bir shaxslarga sotib yuborilib, ulardan tushgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti