O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Og‘uni sotish ilinjida bo‘lgan shaxs endilikda nafsi uchun qonun oldida javob beradi

Qashqadaryo viloyati. Viloyat IIB va Qarshi shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 2022 yil 28 mart kuni soat 19:00 larda Qarshi shahri, “Otchopar” MFYda yashovchi 47 yoshli U.N. mahallada joylashgan xususiy shifoxona oldida 5 dona “SPICHKI” yozuvli gugurt qutilarga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan va maydalangan o‘simlik moddalarini xaridorga 2.990.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra 5 dona gugurt qutilardagi yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan va maydalangan o‘simlik moddalari tarkibida tetrogidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof og‘irligi 22,3 grammni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu fuqaro protsessual tartibida ushlangan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech