O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Paketdagi “gashish”

Surxondaryo viloyati. 2021-yil 28-noyabr kuni soat 15:30 larda IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 18 yoshli T.S., tadbirda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 600.000 so‘m evaziga oq rangli polietilen paketga o‘ralgan giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida ushlangan va xarid obyekti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbirda olingan bir dona oq rangli polietilen paketga o‘ralgan qoramtir-malla rangli , plastilinsimon moddalar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, sof og‘irligi 1,88 grammga teng “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ozginadan ko‘proq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyat uchun qonunchilikda 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech