Parvarishlash uchun alohida sharoit
Samarqand viloyati. Joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida Payariq tumani “Eshimoqsoq” qishlog‘ida yashovchi 81 yoshli A.Xayitning yashash uyi tomorqa qismi ko‘zdan kechirilganda, u yerda giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash hamda agrotexnik ishlov berilib, parvarishlab kelinayotgan ekinlar mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida o‘simliklar hujjatlashtirilib olingan.
Fuqaro A.Xayitning uyidan rasmiylashtirib olingan 23 tup o‘simliklar yuzasidan sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, uning yakuniga ko‘ra mazkur o‘simliklar tarkibida giyohvand modda opiy guruhi alkaloidlari morfin, kodein va tebain mavjud bo‘lib, bu o‘simliklar “Ko‘knori” giyohvandlik o‘simligi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Xayitga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 2-qismi “a” bandi (ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida aniqlanishicha A.Xayit muqaddam mazkur modda bilan sudlanganligi aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti