O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Beton to‘siq “og‘ayni”ning o‘ziga bo‘lgan ishochniga dosh berolmadi

2020 yilning 02 noyabr kuni soat 15:00 larda 33 yoshli Feruz N., o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinani boshqarib, tanishlari 33 yoshli Olim M., va 30 yoshli Jasur P., lar bilan birga Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi Navro‘z ko‘chasida joylashgan oshxonaga ovqatlanish maqsadida borib, avtomashinani oshxonaning hovlisida qoldirib, oshxonada tanishlari bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilishgandan so‘ng mast holatdagi tanishi Jasur P., unga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasining eshigi qulflanmaganligidan va o‘t oldirish kaliti turganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochib, Oqdaryo tumani Bolta qishlog‘ining ichki yo‘lida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 24 noyabr kuni Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qo‘yish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech