O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holda janjallashib raqibiga ogʼir tan jarohati yetkazdi

Buxoro. 2020 yilning 04 oktyabr kuni soat taxminan 23:00 da 48 yoshli H.Q., spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda, Gʼijduvon tumani “Dodarak” MFY hududida tanishi O.Q., bilan oʼzaro shaxsiy kelishmovchilik zamirida janjallashib qolib, janjal vaqtida u qoʼllari bilan O.Q.,ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba qasddan urib, oyoqlari bilan tepib, tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida, fuqaro O.Q., hayot uchun xavfli boʼlgan “ogʼir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Gʼijduvon tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech