O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jabrlanuvchining mastligi, talonchilik sodir etilishiga sabab bo‘ldi

Namangan viloyati. 2021 yil 13 fevral kuni soat 22:00 larda nomaʼlum shaxslar Namangan shahri G‘alaba ko‘chasidan o‘tib ketayotgan mast holatdagi 65 yoshli Ibrohim Q.,ni oldiga borib qo‘lidagi narxi 100 000 so‘mlik “INOI” rusumli uyali telefon apparatini va 150 000 so‘m pullarni talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinishgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni G‘alaba ko‘chasida yashovchi 31 yoshli Shuhrat A., tanishi “Farhod” bilan sodir qilganligi aniqlanib, fuqaro Ibrohim Q.,ga tegishli “INOI” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

 Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shuhrat A.,va “Farhod” ismli shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilib, “Farxod” ismli shaxsni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech