Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan: “Samarqandda 63 yoshli kishi urib-doʼpposlandi” nomli maqola yuzasidan
Samarqand. 2020 yilning 29 mart kuni taxminan soat 02:30 da 32 yoshli Аziz T., Samarqand shahrida joylashgan “Tabiat-saxovat” dehqon bozori oldida joylashgan doʼkon oldiga kelib, shu doʼkonda norasmiy qorovul boʼlib ishlagan fuqaro 63 yoshli Xusinali M., ga qorni ochganligini va unga “xot-dog” tayyorlab berishini aytgan, ammo Xusinali M. unga doʼkon karantin sababli doʼkon yopiqligini aytganidan soʼng, u bilan janjallashib qolib, Xusinali M.,ni qoʼl va oyoqlari bilan qasddan urib-doʼpposlab, unga ogʼir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fukaro Аziz T., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi boʼyicha Аziz T., ga JKning 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (oʼta shafqatsizlik bilan, qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti