O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat yoʼliga kirgan oʼsmirlar

Fargʼona. 2020 yilning 01 iyul kuni fuqaro O.А. Fargʼona shahar IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 30 iyun kuni voyaga yetmagan ukasi (17 yosh) А.O. Fargʼona shahar, Yangi asr koʼchasida ketayotgan vaqtida, 16-yoshli T.P. va 18-yoshli D.S., lar uni toʼxtatib, urib-doʼpposlab, ukasi А.O., ning qoʼlidagi narxi 700.000 soʼm boʼlgan “Artel U-5” rusumli uyali telefon apparatini tortib olganliklarini bildirib, T.P. va D.S., larga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.

Oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, А.O., ga tegishli boʼlgan “Artel U-5” rusumli uyali telefon apparati T.P.,dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan T.P. va D.S., larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda D.S.,ga yuqorida koʼrsatilgan modda bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. T.P.,ning хatti harakatlariga qonuniy chora koʼrilishi taʼminlanadi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech