Andijonda talonchilik bilan yakunlangan taʼqib
Andijon. 2020 yilning 06 iyul kuni soat 23:00 da mahalladoshi S.I. va Z.A., lar “Saptiva” rusumli avtomashinada Bog‘ishamol dahasi hududidan Andijon shahriga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtlarida, “Matiz” rusumli avtomashinada 4 nafar shaxslar ularning avtomashinasini to‘xtatmoqchi bo‘lganligi, shunda avtomashinani to‘xtatmasdan “Andijon-Asaka” yo‘nalishida harakatlanib, Andijon tuman Teraktagi mahallasi hududiga yetgan vaqtida « Matiz » rusumli avtomashinadagi shaxslar ularni taʼqib qilib borib, yo‘lni chetida to‘xtatib, urib avtomashina ichidan 500 AQSH dollari va 60.000 so‘m pullarini olib hodisa joydan yashiringanlar.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 29 yoshli D.O., 32 yoshli Q.Sh., 24 yoshli R.S., va A.N., lar sodir etganligi aniqlanib, hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, “Matiz” rusumli avtomashina jarima maydoniga olib kirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.N., D.O., R.S. va Q.Sh., lar bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti