O‘g‘irlik natijasida qo‘lga kiritilgan tilla taqinchoqlar topildi
Andijon. 2020 yilning 29 avgust kuni soat 13:00 da 18 yoshli D.X., tanishi voyaga yetmagan 14 yoshli Sh.A., bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Ulug‘nor tumani Sheroziy ko‘chasida yashovchi 47 yoshli K.A., ning (ayol) yashash xonadoniga hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyning kirishidagi yo‘lakcha tagiga qo‘yilgan kalit yordamida xonadon eshigini ochish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan 13.300.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur jinoyat ishi Ulug‘nor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida D.X. va Sh.A., lardan 300.000 so‘m naqd pul va K.A., ga tegishli bo‘lgan tilla taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha D.X. va Sh.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti