Chinni idishlar o‘g‘rilari aniqlandi
Buxoro. 2020 yilning mart oyining o‘rtalaridan 02 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxslar Buxoro shahar “Sanoatchilar” ko‘chasida joylashgan fuqaro L.X., ga tegishli chinni idishlar saqlanadigan omborxonaga kirish darvozasini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, omborxonada saqlanayotgan jami bahosi 84.843.000 so‘mlik turli xildagi chinni idishlarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan jaysdan yashiringan.
Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatalr natijasida mazkur jinoyatni 24 shli A.X. va 23 yoshli X.A., lar sodir etganligi aniqlangan va talon-taroj qilingan mulkning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib olingan. A.X. va X.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti