O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Doʼkonlardan oʼgʼirlik sodir etgan shaxslar aniqlandi

Xorazm. 2020 yil 6 aprelь kunidan 7 aprelь kuniga oʼtar kechasi, 20 yoshli S.R., tanishlari 19 yoshli X.S. va voyaga yetmagan 13 yoshli B.Q.,lar bilan jinoiy til biriktirib fuqaro D.Ya., ga tegishli Xonqa tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan oziq-ovqat doʼkoniga deraza orqali gʼayriqonuniy ravishda kirib, jami bahosi 1.859.000 soʼmlik oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringanlar.

Shuningdek, ular takroran joriy yilning 9 aprelь kunidan 10 aprelь kuniga oʼtar kechasi shu mahallada joylashgan fuqaro N.B.,ga (ayol) tegishli boʼlgan oʼquv qurollari doʼkoni eshigini buzish yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, jami bahosi 2.208.000 soʼmlik oʼquv qurollarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida, talon-toroj qilingan mulklarning aksariyati voyaga yetmagan B.Q., ning yashash xonadonida ekanligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Xonqa tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech