Tilla buyum o‘g‘rilari ushlandi.
Namangan. 2019 yil 06 oktyabr kuni Chust tumanida yashovchi fuqaro 35 yoshli M.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni taxminan soat 08:30 dan 17:00 gvchv bo‘lgan vaqtda, noma'lum shaxslar uning uyiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy bahosi 6.800.000 so‘m miqdoridagi tilla buyumlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi ma'lum qilib, ushbu shaxslarni aniqlab ularga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ayollar 43 yoshli X.Yu., 33 yoshli S.S., 29 yoshli F.K., 27-yoshli G.U. va 21 yoshli M.Yu.lar sodir etganligi aniqlanib, yetkazilgan moddiy zarar tergov jarayonida qoplangan.
Fuqarolar X.Yu. va M.Yu.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik), G.U., S.S. va F.K.larga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayblov e'lon qilingan va barchasiga “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti