"Gaplashib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan"
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 19 mart kuni soat 16:00 larda kosib bo‘lib ishlovchi 29 yoshli Nurullo M., Marg‘ilon shahar Orol bo‘yi MFY., hududida 22 yoshli Abdulxodi N., va Shoxrux Q.,lar bilan janjallashib qolishi oqibatida unga nisbatan tan jarohati yetkazishmoqchi bo‘lgan vaqtlarida, u poyabzal qaychisi bilan Abdulxodi N.,ni chap kurak sohasiga hamda Shoxrux Q.,ni chap oyoq boldir sohasiga urib jarohat yetkazgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 51 yoshli Soyibjon X., mast holatda Nurullo M., bilan tortishib qolganliklaridan Soyibjon X.,ning o‘g‘li Zuxriddin O., xabar topib, bu haqida tanishlari Abdulxodi N., va Shoxrux Q.,larga aytib, Nurullo M., bilan gaplashib qo‘yishlarini so‘raganligi natijasida ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Nurullo M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi doirasida barcha ishtirokchilarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti