O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haqorat qilishning oqibati

Аndijon. 2020 yilning 22 mart kuni soat 23:00 da fuqaro 62 yoshli I.T., Jalaquduq tumani Navoiy MFY Gagarin koʼchasida yashovchi 58 yoshli А.G., ning yashash uyiga kelib birga spirtli ichimlik isteʼmol qilib, А.G., uni haqoratlaganligi natijasida oʼzaro janjallashib, I.T., mast holda xonadagi oshxona pichogʼi bilan А.G.,ni badaniga ogʼir tan jarohati yetkazgan.
Natijada, А.G., tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan I.T., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. I.T., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech