Jabrlangan shaxs, jinoyatchilarni ushlab qolishga muvofaq bo‘ldi
Andijon viloyati. 2020 yilning 16 oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda 19 yoshli K.X., b.I., X.M. va 18 yoshli S.U.,lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Andijon tumani Chem MFY hududidan o‘tuvchi “Andijon-Asaka” avtomobil yo‘lida joylashgan yoqilg‘i quyish shahobchasi oldida 16 yoshli b.I.,ga tegishli bo‘lgan bir dona “Iphone X” rusumli telefon apparatini foydalanish maqsadida b.I.,dan so‘rab olib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, “Matiz” rusumli avtomashinada hodisa joyida qochib yashirinmoqchi bo‘lishgan vaqtida b.I. va uning otasi avtomashinaning ortidan yetib olib, qonunbuzarlarni ushlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.X., b.I., X.M. va S.U.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 166-moddasi 2-qismi “V” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida K.X., b.I., X.M. va S.U.larning yana bir qator jinoyatga aloqadorligi aniqlanib, hozirda ushbu holatlarga ham huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti