O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Katta miqdordagi giyohvandlik vositalari sotilishiga chek qo‘yildi.

Surxondaryo. 2020 yil 13 fevral' kuni taxminan soat 22:30 larda IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 52 yoshli Sh.X.,ning boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasi Jarqo‘rg‘on tumani hududida to‘xtatib tekshirilganida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro 53 yoshli B.Sh.,ning yonidan umumiy og‘irligi 792,60 gr.ga teng “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, B.Sh.,ning ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 14 fevral' kuni  Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, B.Sh., o‘zining tanishlari Tojikiston Respublikasi fuqarolari 37 yoshli X.D., va 51 yoshli A.I.,lardan sof og‘irligi 1,10 kg. bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini jami 3.000 AQSh dollari evaziga sotib olayotganida ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech