Qonunga hilof ravishda giyohvand vositasini sotishga chek qo‘yildi.
Xorazm. 2020 yilning 05 mart kuni soat 15:30 da, Xorazm viloyati IIB hodimlari tomonidan Urganch shahar hududida giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy ravishda muomalasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan maxsus tadbir jarayonida, 28 yoshli A.A., 1 gugurt qutisiga qadoqlangan jami vazni 1,03 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga hilof ravishda 520.000 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari A.A. boshqaruvida bo‘lgan “Gentra” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab qo‘ygan bir bo‘lak vazni 0.62 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti