O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

800 dona gugurt qutisiga qadoqlangan “marixuana”ning muomalaga kiritilishi oldi olindi

2020 yilning 21 sentyabr kuni soat 09-00 lar chamasida Denov tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri jarayonida, Denov tumanida yashovchi 43-yoshli Sh.X.,ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi anor daraxtlari orasida 6 tup o‘tkir hidli, yashil rangli, nasha giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarni ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib fuqaro Sh.X.,ning yashash uyi xonasi ko‘zdan kechirilganida xona ichida 800 dona “Sipichki” yozuvli gugurt qutida maxsus joylangan yashil rangli o‘tkir hidli maydalangan o‘simlik barglari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rishlik uchun tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Sh.X.,ning yashash uyi tomorqasidan olingan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan 6 tup o‘simlik tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan “NASHA” o‘simliklar ekanligi, Sh.X.,ning yashash uyi xonasidan olingan och-yashil rangli, o‘tkir hidli quruq holdagi moddalar tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, “marixuana” deyiladi, sof vazni 5 kilogramm 870 gramm 10 miligram ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishida Sh.X., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech