Samarqandda 4500 АQSh dollariga pullayotgan “marixuana”ni muomalaga chiqib ketishi oldi olindi
Samarqand viloyati. 2020 yilning 12 oktyabrь kuni soat 13:00 da Urgut tumani IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʼtqazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Pastdargʼom tumanida yashovchi 25 yoshli S.M., oʼzi yashab kelayotgan uyi hovlisida ekib parvarishlab, saqlab kelayotgan “marixuana” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga har bir kilogramini 4.500 АQSh dollaridan sotishga kelishib, unga 2 kg. “marixuana” giyohvandlik vositasining pullarini olish uchun kelgan vaqtida ushlangan va xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʼra, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan giyohvandlik oʼsimligi “marixuana” giyohvandlik moddasi turiga kirishligi hamda uning sof ogʼirligi 2053 grammni tashkil qilishi koʼrsatilgan.
Mazkur holat boʼyicha Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro S.M.,ga Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini koʼp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan hamda protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti