"Geroin" moddasining noqonuniy saqlanishiga chek qo‘yildi.
Xorazm. 2020 yilning 25 yanvar' kuni giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurash maqsadida Xorazm viloyat IIB, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, 4-mikrarayon mavzesidagi uylarning oldida 34 yoshli A.R. to‘xtatib shaxsiy tintuv qilingan vaqtida, uning yonida 3 dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan 0,07 gr. o‘lchamdagi “geroin” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Bundan tashqari, A.R.ning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bir dona oq rangli qog‘oz parchasiga o‘ralgan og‘irligi 0,41 gr. “geroin” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda oshxonasidagi gilam tagiga yashirgan holda saqlab kelayotganligi fosh qilinib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti