O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jabrlanuvchini orqasidan kuzatib borgan bosqinchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 10 aprel kuni soat 23:30 larda Toshkent shahrida joylashgan “Qo‘yliq” dehqon bozori qarshisidagi avtoturargohda 43 yoshli O.Suyun Toshkent viloyati Nurafshon shahriga borish maqsadida “Nexia-2” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan hamda u bilan nomaʼlum shaxs ham avtomashinaga o‘tirib Nurafshon shahri Birlik mahallasiga qadar kelib, u avtomashinadan tushib qolgan manzilda ushbu nomaʼlum shaxs ham tushib, uning orqasidan Izzasoy ko‘chasigacha kuzatib kelgan va buni O.Suyun sezib qolib qochgan vaqtida nomaʼlum shaxs uning ortidan quvlab yetib olib, uni do‘pposlab, tosh bilan bosh qismiga urib, unga tegishli 800.000 so‘mlik “SAMSUNG-J 4”, narxi 2.300.000 so‘mlik “RedMi Note-9” rusumli telefon apparatlarini hamda 285.000 so‘m pullarini olib hodisa joyidan yashiringan.

Оlib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni muqaddam talonchilik jinoyati uchun sudlangan 18 yoshli U.Akbarxo‘ja sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.      

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.Akbarxo‘jaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech