O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

9 yashar qizaloqni tunagan jinoiy juftlik

Toshkent shahri. 2021 yilning 03 fevral kuni soat 16:00 larda nomaʼlum shaxslar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasining poyezd temir yo‘li bilan kesishgan chorrahasi yaqinida voyaga yetmagan 9 yoshli Arina T.,ning qo‘lida bo‘lgan narxi 2.100.000 so‘mlik bo‘lgan «Redmi 8 Lite» rusumli uyali telefon apparatini qo‘lidan yulib olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 21 yoshli Shahzod B. va Shoxista B.,lar sodir etganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Shahzod B. va Shohista B.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tergov harakatlari davomida, o‘g‘irlab olingan uyali aloqa telefon apparatini ular “Malika” savdo majmuasida 550.000 so‘m pul evaziga sotib yuborganliklari, bundan tashqari ushbu jinoyatni sodir etishga voyaga yetmagan shaxsni jalb qilishganliklari ham aniqlangan.

Hozirgi vaqtda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) va 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb eʼlon qilinib, har biriga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB

tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi

Sh.A.Mirkarimova

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech