O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyatchi hodisa sodir bo‘lgan joydan yashirish vaqtida tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qildi

Andijon. 2020 yil 02 noyabr kuni soat taxminan 23:00 larda 23 yoshli Shoxjaxon A., Andijon tumani Qumko‘cha MFY hududidan o‘tgan “Andijon-Bog‘ishamol” transport qatnov yo‘lida 22 yoshli Asliddin A., ga tegishli bir dona “RedMi Note 8” rusumli telefon apparatini foydalanish maqsadida olib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, boshqaruvida bo‘lgan davlat raqamsiz “Cobalt” rusumli avtomashinaga o‘tirib, hodisa joyidan qochishga uringan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotib, devorga borib urilgan. Natijada talonchilik sodir qilgan Shoxjaxon A. YTH natijasida qovurg‘a suyaklari sinishi ko‘rinishida o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan.

Tergovga qadar tekshiruv jaryonida aniqlanishicha Shoxjaxon A. ushbu kuni qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan avtomashinani dorixonaga chiqib kelish maqsadida olib turganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Shoxjaxon A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib qochilgan uyali telefon apparati ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech