O‘zlarini IIO xodimlari deb tanishtirgan jinoyatchilar
Toshkent shahar. 2022 yil 17 noyabr kuni soat 19:00 larda, ikki nomaʼlum shaxslar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar Yashnobod tumani Cho‘lpon mahallasi hududidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘li yoqasida bo‘la turib, 26 yoshli J.Q.ning oldiga kelib unga o‘zlarini IIB xodimi deb tanishtirib, uni noqonuniy valyuta ayirboshlashda ayblab, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borishlarini aytib, nomaʼlum shaxslarning bittasining boshqaruvidagi “NEXIA-3” avtomashinasiga o‘tkazib, Yashnobod tumani Cho‘lpon mahallasi hududiga olib borib, J.Q.ni pichoq bilan qo‘rqitib, yuz va bosh qismlariga urib tan jarohat yetkazib, 1.100.000 so‘m pulini tortib olib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringanliklari aniqlangan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 30 yoshli A.Yo. va 35 yoshli N.U.lar sodir etilganligi, hodisa sodir bo‘lgan joy hamda N.U.ning boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA-3” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda avtomashinaning yukxonasidan 1 dona oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a,B” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bosqinchilik sodir etgan shaxslarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti