O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda fuqarolarni 3 yildan buyon Isroilga ishga jo‘natishni vaʼda berib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati. Samarqand tumani Gaffarov ko‘chasida yashovchi 28 yoshli M.Sh. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida Samarqand shahri S.Ayniy mahallasida yashovchi 42 yoshli I.D.(ayol) uni Isroil davlatiga ishlashga yuborishini vaʼda qilib, 2019 yil noyabr oyidan 2021 yil yanvar oyiga qadar bo‘lib-bo‘lib, jami 14.100 AQSH dollarini olganligini, biroq shu kunga qadar I.D. uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermay aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Bundan tashqari, Samarqand tumani Qo‘shmasjid MFYda yashovchi 36 yoshli D.U. ariza bilan murojaat qilib, uz arizasida I.D. (ayol) uni xam Isroil davlatiga ishlashga yuborishini vaʼda qilib, 2019 yil dekabr oyidan 2020 yil yanvar oyiga qadar bo‘lib-bo‘lib, jami 10.000 AQSH dollarini olganligini, biroq shu kunga qadar uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur holatlar yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan S.Berdiyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech