O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Topib olingan plastik kartada sal kam 60 mln. so‘m bo‘lib chiqdi

Toshkent shahar. 2022 yil 08 noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli A.A., Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, joriy yilning 07 noyabr kuni unga tegishli bo‘lgan plastik kartasidan 58.984.000 so‘m miqdoridagi pullar nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni aniqlashda va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyat opa-singillar, 27 yoshli Z.D. va 18 yoshli Z.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.D. va Z.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar so‘roq qilinganlarida, Z.D. mazkur plastik kartani uzi operator bo‘lib ishlaydigan “Malika” savdo majmuasida joylashgan do‘konidan topib olganligini, keyinchalik esa topib olingan plastik karta to‘g‘risida o‘zining singlisi Z.M.ga xabar berib, birgalikda bankomat oldiga borib, tavakkal qilib parol tariqasida “7777” raqamini terishganliklari, shu tariqa plastik kartani himoya kodini bilib olib, unda bo‘lgan pullarini yechib olishganliklarini maʼlum qilishgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, jinoyatchilarning ishini osonlashtirib, plastik kartangizga oddiy parol ko‘ymang!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech