O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat joyida. Er va xotinga nisbatan “shantaj” qilgan voyaga yetmagan qizaloq, pul olayotgan vaqtida ushlandi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 25 mart kuni Bekobod shahar IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 36 yoshli Muhammadorif G., ariza bilan murojaat qilib, turmush o‘rtog‘ining muqaddam foydalangan abonent raqamidan nomaʼlum ayol qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i Shahlo V., bilan unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan o‘zaro surat va videoyozuvlarni internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 5.000.000  so‘m pul berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib,  Bekobod shahar 14-dahasi hududidagi “Ziyoda” to‘yxonasi yaqinida taksi haydovchisi orqali berib yuborilgan 500 AQSH dollarni nomaʼlum ayol tovlamachilik yo‘li bilan  olayotganida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan 500 AQSH dollar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 9-sinf o‘quvchisi 15 yoshli Marjona X.,sodir etganligi aniqlanib, u Shahlo v.,ga tegishli bo‘lgan abonent raqamni sotib olib, ushbu raqamga “Telegram messenger” ochib, eski xotiralarni tiklashi natijasida o‘zga shaxslarning foto va videosuratlarini qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Marjona X., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech